«BetWinner Uzbekistan» (keyingi o‘rinlarda BetWinner deb ataladi) o‘z mijozlari va sayt foydalanuvchilari (keyingi o‘rinlarda Foydalanuvchi deb ataladi) uchun xizmatlar paketi yoki alohida xizmat sifatida BetWinner’ka tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni Butunjahon Internet tarmog‘idagi sayt (-lar)da (keyingi o‘rinlarda sayt deb ataladi) joylashtiradi.
– FOYDALANISh ShARTLARI VA QOIDALARI
– AXBOROT XAVFSIZLIGI
– INTELLEKTUAL MULQ HAQIDA MA’LUMOT
– JAVOBGARLIK VA KAFOLATNI ChEKLASh
– MARKETING
– BOShQA INTERNET-SAYTGA HAVOLALAR
– QAYTA ALOQA
– ShART VA QOIDALARNI BUZISh
BetWinner foydalanuvchilar tomonidan quyida keltirilgan saytdan foydalanish shartlari va qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Foydalauvchi saytdan foydalanish shartlari va qoidalariga o‘z roziligini saytga va undan keyin istalgan sahifaga kirish paytidan boshlab bildirgan hisoblanadi. BetWinner istalgan vaqtda foydalanish Shartlari va qoidalarini yangi nashrini chop etish orqali ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Barcha Foydalanuvchilar uchun barcha o‘zgarishlar majburiy hisoblanadi. Quyida keltirilgan saytdan foydalanish Shartlari va qoidalari BetWinner’ning intellektual, egalik va boshqa mulklarini himoya qilishga qaratilgan.
Foydalanuvchi saytdan foydalanish Shartlari va Qoidalariga asosan saytda bo‘lgan va undan foydalangan vaqti mobaynida olgan va/yoki foydalangan ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan qonun hujjatlariga rioya etishi shart.
Barcha tovar belgilariga va BetWinner va u bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning intellektual mulklariga bo‘lgan huquq, mos ravishda, o‘z egalarida qoladi. Saytdan foydalanish Shartlari va qoidalariga binoan hech bir narsa Foydalanuvchiga Intellektual Mulkning biror turiga bo‘lgan huquqni topshirish yoki o‘tkazish istagi sifatida izohlanmasligi kerak. Foydalanuvchi saytda taqdim etilgan barcha intellektual mulk va uning elementlaridan faqat tanishish uchun foydalanishi mumkin. Barcha huquqlar himoyalangan.
Foydalanuvchi saytning istalgan sahifasida joylashgan, BetWinner tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki unga tegishli bo‘lgan har qanday ma’lumotni faqat shaxsiy foydalanish yoki ko‘rib chiqish maqsadida nusxalash, o‘tkazish yoki namoyish etish huquqiga ega bo‘lib, bunday holda, olingan nusxada saytda ko‘rsatilgan asl nusxa bilan bir xil bo‘lgan mualliflik huquqi, tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi mavjud bo‘lishi shart. Saytdagi ma’lumotlarni va materiallarni nusxalash, o‘tkazish, namoyish etish, tarqatish, yuklash, lisenziyalash, o‘zgartirish, chop etish, joylashtirish, qayta ishlash, foydalanish, sotish, qayta shakllantirish yoki boshqa yo‘llar bilan tijorat yoki ommaviy maqsadlarda foydalanish BetWinner’ning yozma roziligisiz mumkin emas.
Sayt va uning istalgan sahifasida shartlariga rioya qilinishi kerak bo‘lgan boshqa egalik va mualliflik huquqlari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi mumkin. Saytdagi ba’zi rasm va ma’lumotlar uchinchi shaxslarning mualliflik huquqi yoki tovar belgisi bo‘lishi mumkin, va ulardan har qanday foydalanish uchinchi shaxslarning shartlari va qoidalari bilan boshqariladi.

SAYTDAGI MA’LUMOTLAR “QANDAY BO‘LSA, ShUNDAY” TAQDIM ETILADI VA HECh QANDAY, OShKORA YoKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLAR, ShU JUMLADAN, TIJORIY AHAMIYaTGA EGA, MA’LUM MAQSADLAR UChUN YaROQLI VA FOYDALANUVChILARNING HUQUQLARINI BUZMAGAN KAFOLATLARNI O‘Z IChIGA OLIB, ULAR BILAN ChEKLANMAGAN HOLDA, TANIShTIRUVChI HISOBLANADI.

Saytda joylashtirilgan ma’lumotlarda texnik noaniqliklar yoki tipografik xatolar bo‘lishi mumkin. BetWinner vaqti-vaqti bilan, oldindan ogohlantirmasdan, saytdagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritadi, shu jumladan, saytda taqdim etilgan mahsulotlar va xizmatlar haqida ma’lumotlarni qo‘shadi, o‘chiradi, yangilaydi yoki o‘zgartiradi. BetWinner saytda mavjud bo‘lgan xatolar yoki ma’lumotlardagi kamchiliklar va saytda joylashgan ma’lumotlarni yangilash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Foydalanuvchi saytga kirishi bilanoq, saytning bannerli konstruksiyasi va boshqa shunga o‘xshash marketing vositalarida reklama ma’lumotlarini olishga rozi bo‘ladi. Taklif etilayotgan mahsulotlar faqat BetWinner’ning istagiga binoan va BetWinner’i bilan bog‘liq kompaniyalar tomonidan shartnoma yoki boshqa shartlar asosida taqdim etilishi mumkin. BetWinner uchinchi shaxs kompaniyalarining saytlari yoki reklama vositalarida ko‘rsatilgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar uchun javobgar emas.
Ushbu bandda sanab o‘tilgan veb-saytlar BetWinner nazorati ostida emas, aksincha, faqat uchinchi shaxslar tomonidan boshqariladi. Shunga muvofiq, BetWinner bunday veb-saytlarga nisbatan hech qanday arz qilmaydi. Agar BetWinner uchinchi tomon saytiga havola taqdim etsa, bunday havola yuqorida ko‘rsatilgan veb-sayt, uning egalari yoki yetkazib beruvchilariga nisbatan BetWinner’ning ruxsati, roziligi, homiyligi yoki mansubliligini anglatmaydi. BetWinner ushbu havolalarni faqat ma’lumot olish va foydalanuvchilarning qulaylig